Argentina terma jamoasi futbolchisi JCh-2026ni o‘tkazib yuboradi
"Vilyarreal" klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi Xuan Foyt Ispaniya La Ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Real"ga (0:2) qarshi o‘yinda Axill payidan jarohat oldi. Bu haqida ispan klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Amaldagi jahon chempioni AQSh, Kanada va Meksikadagi terma jamoalar musobaqasini o‘tkazib yuborishi mumkin.
"Vilyarreal" himoyachisi chap oyogi payini uzgan va tez orada operatsiya qilinadi. Sport.es nashri ma’lumotlariga ko‘ra, odatda bunday jarohatda tiklanish olti oydan to‘qqiz oygacha davom etadi. Shu tariqa, futbolchi 2026-yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Joriy mavsumda Foyt "Vilyarreal" safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Argentina terma jamoasi tarkibida futbolchi 2022-yilgi Jahon chempionati, Finalissima va 2019-yilgi Amerika kubogining bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar