Arteta “Arsenal”ga o‘z javobini aytdi
"Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaga assistentlik qilayotgan Mikel Arteta o‘zini bosh murabbiylikka taklif qilayotgan "Arsenal"ga javobini aytdi.
Goal.com internet sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli ispaniyalik mutaxassis “kanonirlar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishga rozilik bildirgan. Bundan tashqari u o‘z shtabiga “Arsenal”dagi sobiq jamoadoshi Santi Kasorlani ham kiritmoqchi.
Xabarlarga qaraganda Arteta yaqin vaqtlar ichida “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida rasman e’lon qilinadi.
Fikrlar