“Barsa” qimmat oʻyinchini arzonroq berishni soʻrayapti
“Barselona” klubi rahbariyati kelasi yoz tarkibni kuchaytirish maqsadida “Inter” markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olishni mo‘ljal qilgan.
Bu haqida Diario SPORT xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar Bastoni jamoa himoyasining uzoq yillik yetakchisiga aylanishiga ishonmoqda.
Klub mutasaddilari “Inter” bilan himoyachi transferi bo‘yicha taxminan 60 million yevroga kelishib olish mumkin, deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli italyalik himoyachi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining qiymatini 80 million yevroga baholayapti.
Fikrlar