“Barselona” hujumchisi “Atletiko”ga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

  • 11.02.2026 19:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Markus Reşford tizzasidan olgan jarohati tufayli 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Kubogi 1/2 finalining "Atletiko"ga qarshi dastlabki o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqida "Barselona" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

"Markus Reşford shanba kuni "Kamp Nou"da "Malyorka"ga qarshi o‘yinda olgan zarbasidan keyin chap tizzasida og‘riq sezmoqda. Futbolchi payshanba kuni "Atletiko Madrid" bilan bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi o‘yinini o‘tkazib yuboradi", - deyiladi klub xabarida.

Ispaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Malyorka" bahsida "Barselona" 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Markus Reşford 67-daqiqada zahiraga olindi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli Markus Reşford 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Ispaniya kubogida uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Chempionlar ligasida u sakkizta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!