“Barselona” ikkinchi darvozabon uchun nomzod tanladi

  • 21.01.2026 17:20
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Real Sosiedad" darvozaboni Aleks Remironi oʻz safida qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Mundo Departivo" nashri maʼlum qildi,

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, kataloniyaliklar Remironi kelasi mavsumda ikkinchi darvozabon boʻlish uchun asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda. Maʼlum boʻlishicha, "Barselona" Aleksga oʻtgan mavsum ham qiziqish bildirgan. Biroq, 50 million yevro miqdoridagi tovon puli klub uchun qimmatlik qilgan. 30 yoshli futbolchining "Real Sosiedad" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Shu sabab, "koʻk-anorranglilar" hozirda posboni 10 million yevro evaziga qoʻlga kiritishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ispaniyalik darvozabon joriy mavsum "Sosiedad" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning bittasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!