"Barselona" oʻz yulduzini PSJga rekord summada sotishdan bosh tortdi

  • 24.02.2026 04:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Joan Laporta PSJ vinger Lamin Yamalni sotib olishga urinishini ma'lum qildi. Oldinroq fransuz klubi yosh futbolchiga qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

"PSJ ikki yil oldin Lamin Yamal uchun 250 million yevro taklif qilgan edi. Biz rad etdik. U 17 yoshda edi — ba'zilar bizni devona deb o'yladi", — dedi Laporta. 

Ispaniyalik futbolchi 2023 yil aprelidan beri kataloniyaliklarning asosiy jamoasida to'p tepmoqda. Yamal debutini 15 yosh 290 kunlikda amalga oshirgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 33 o'yinda 15 gol va 14 assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!