"Barselona" sobiq bosh murabbiyi "Real Madrid"ni boshqarishi mumkin
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique "Real Madrid"ni boshqarishi mumkin. Bu haqida "Speedline" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Madrid klubini boshqarishni xohlamoqda. Agar "qirollik klubi" yozda unga taklif jo‘natadigan bo‘lsa, Enrique uni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Luisning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2014 yildan 2017 yilgacha "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Fikrlar