"Bashakshehir" bosh murabbiyi hujum chizig'ini alohida maqtadi
Turkiya Superligasining 21-turida "Istanbul Boshakshehir" safarda "Eyupspor"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Nuri Shaxin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz to‘liq g‘alabaga haq edik. Uchrashuvni juda yaxshi o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda ikkinchi golni urishimiz mumkin edi, ammo "Rizespor" bilan bo‘lgan o‘yindan xulosa chiqarganimizni ko‘rdim. Futbolchilar to‘xtamay hujum qildi va raqib maydonida o‘ynashga harakat qildi. Hujumda to‘pni ushlash va zarbalar borasida juda yaxshi jamoa bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi. Faqat oxirgi daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol biroz afsuslantirdi", — dedi Shaxin.
Ligadagi 8 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya haqida to‘xtalgan murabbiy quyidagilarni aytdi:
"Juda yaxshi o‘ynayapmiz. Meningcha, bu jarayon natijasi. Ilk haftalarda g‘alabalar kam bo‘ldi, ammo o‘yin shakllanishi uchun ishni davom ettirdik. Albatta, yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin. Kutilgan darajaga yaqinlashyapmiz va bu ochkolarni qo‘lga kiritishga haqlimiz".
Kelasi hafta o‘z maydonida "Beshiktosh"ga qarshi o‘yin haqida:
"Kelasi hafta juda katta va qudratli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Hozir ulardan 6 ochko ortda qolmoqdamiz. Biz uchun bu o‘yin o‘zimizni eng yuqori darajada sinab ko‘radigan, qaerda ekanimizni ko‘rsatib beradigan bahs bo‘ladi. O‘z uyimizda o‘ynaymiz. Umid qilaman, chiroyli o‘yin bo‘ladi va 3 ochkoni qo‘lga kiritamiz", — dedi mutaxassis.
Fikrlar