"Bavariya" hujumchisi klubning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga izoh berdi

  • 27.11.2025 12:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn jamoasining bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Myunxenliklar Chempionlar ligasining beshinchi turida "Arsenal"ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Londonliklar umumiy guruh bosqichida haligacha ochko yo‘qotmagan yagona klub bo‘lib turibdi.

"Biz og‘ir o‘yin bo‘lishini kutgandik. Birinchi taym yaxshi va deyarli teng kurashda o‘tdi. Biroq tanaffusdan keyin bizda zarur energiya va intensivlik etmadi. Shu bilan birga, juda ko‘p yakkakurashlarda yutqazdik. Bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatimiz, shuning uchun hech qanday hayiqishga o‘rin yo‘q. Lekin xulosa chiqaramiz, albatta.

"Arsenal" futbolchilari birinchi va ikkinchi to‘plarni ham engib olishdi. Shuningdek, raqib standart vaziyatlarda juda xavfli ekanini ham bilardik. Ular maydon bo‘ylab deyarli har bir futbolchiga personal tarzda o‘ynashdi. Ammo aytganimdek, mag‘lubiyat — xavotirga sabab emas. Biz "Chelsi", "PSJ" va "Arsenal"ga qarshi safarda o‘ynadik va o‘yinlarimizning ko‘pini yutdik", — deydi Keyn BBC nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!