"Bavariya" Lemar uchun kurashga qo‘shildi
France Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Toma Lemar qishda Bundesligaga yo‘l olishi mumkin.
24 yoshli futbolchi xizmatlariga Myunxenning "Bavariya"si qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" asosiy tarkibidan o‘ziga joy topa olmayotgan futbolining o‘zi ham klubini almashtirishga qarshi emas.
Shuningdek, Lemar uchun "Arsenal", "Tottenxem" va "Vulverxempton" klublari ham da’vogarlik qilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi "Atletiko" safiga 2018-yil kelib qo‘shilgan edi. Uning transferi uchun madridliklar 70 million evro sarflashgan.
Fikrlar