"Bavariya" va "Manchester Siti" PSJ etakchisini nishonga oldi!
Italiya terma jamoasi va PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transfer oynasida katta klublar e’tiborida. Bu haqda italyan insayderi Nikolo Skira ma’lum qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Bavariya" va "Manchester Siti" 26 yoshli posbonni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Donnarummaning transfer bahosi 40 million evro deb baholanmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Janluiji o‘tgan mavsumda PSJ safida 47 o‘yinda maydonga tushib, 43 gol o‘tkazib yubordi va 17 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Mazkur ikki top klubdan tashqari, bir necha kun avval Londonning "Chelsi" klubi ham parijliklar posboni atrofidagi vaziyatni o‘rganayotgani va fursat tug‘ilishi bilan shartnoma taklif qilishi mumkinligi haqida mish-mish xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar