Bekxem "Roma"dan ketgan De Rossini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

  • 29.05.2019 12:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyalik mashhur futbolchi Devid Bekxem mavsum yakunlangach "Roma"dan ketgan yarim himoyachi Daniele De Rossini o‘z jamoasiga chorlamoqda.

AS nashrining xabar berishicha "Inter Mayami" klubi xo‘jayini hisoblangan Bekxem yangi mavsumni MLSda boshlaydigan jamoasini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi va shu boisdan ham erkin agentga aylangan 35 yoshli italiyalik futbolchini okean ortiga to‘p surishni taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!