"Borussiya Dortmund" APLdan hujumchi olib kelmoqda

  • 27.08.2025 17:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Dortmundning "Borussiya" klubi "Vulverxempton" hujumchisi Fabiu Silva transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi uchun 22,5 million evro to‘lanadi. Shuningdek, 4 million evrolik bonus ham ko‘zda tutilgan.

Futbolchi Liga kubogida "Vest Xem"ga qarshi (3:2) o‘yindan so‘ng jamoadoshlari bilan xayrlashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Fabiu Silva ijara asosida "Las-Palmas" safida to‘p surdi va La Liganda 24 uchrashuvda 10 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!