Braziliya terma jamoasi yulduzi o‘z yurtiga qaytmoqchi

  • 15.01.2026 19:03
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrizio Romanoning yozishicha Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini "Flamengo" klubida davom ettiradi. Ma'lum bo'lishicha braziliyalik futbolchi "qizil-qoralar" bilan shaxsiy kelishuvga ham erishib ulgurgan. Endi esa "VestXem" va "Flamengo" o'rtasida muzokaralar boshlanish arafasida. Paketaning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 35 million evroni tashkil etadi. 

Ma'lumot uchun, 28 yoshli havbek joriy mavsumda 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!