Brunu Fernandes klub rekordini takrorlab, Ronaldu bilan tenglashib oldi

  • 03.04.2026 12:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandes Angliya Premier-ligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu sovrin portugalialik yarim himoyachiga faoliyatida oltinchi marta nasib qildi. Shu tariqa Brunu klub rekordini takrorlab, bu borada faqatgina hamyurti Krishtianu Ronaldu bilan bir qatordan joy oldi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" safida oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini 6 marta qo‘lga kiritgan yagona futbolchi Ronaldu edi. Endi esa Fernandes ham ushbu natijaga yetib oldi.

Premier-liga mutlaq rekordi esa Harri Keyn, Serxio Aguero va Muhammad Salohga tegishli — ularning har biri 7 tadan ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Brunu Fernandes "qizil iblislar" safida 2020 yil boshidan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!