Bu futbolchini “Real”ga sotmaymiz!
Angliya Premier-ligasida ishlari ko‘ngildagidek ketmayotgan Londonning “Tottenxem” klubi yetakchi yarim himoyachisi Archi Greyni “Real” va boshqa jamoalarga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.
Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Grey “Tottenxem” uchun nafaqat hozir, balki jamoa kelajagi uchun ham muhim futbolchi hisoblanadi. Klub uni sotishni rejalashtirmayapti va uni saqlab qolish uchun choralar ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, 19 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Real” va “Bavariya” favorit hisoblanadi.
2024 yilning yozida “shporlar” Greyni “Lids”dan 40 million evrodan ortiq mablag‘ evaziga sotib olgan edi. Futbolchi klub bilan olti yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsumda Grey barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar