Bugun O‘zbekiston U17 terma jamoasi Kot-d’Ivuar bilan o‘ynaydi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston U17 terma jamoasi ayni kunglarda BAAning Sharja shahrida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bugun Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U17 terma jamoasi Kot-D’Ivuarga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv "Al-Hamriya" stadionida 16:00da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz o‘tgan, Venesuelaga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Fikrlar