"Buxoro" Begich bilan shartnomani uzaytirdi

  • 23.01.2026 13:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Dominik Begich "Buxoro"da qoldi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Buxoro" futbol klubi klubi qishki transferlar mavsumida yosh va iste'dodli futbolchilarni jalb qilish bilan bir qatorda o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli tarkibni saqlab qolishga ham katta e'tibor qaratmoqda.

2025-yilgi mavsumda jamoamiz safida ishonchli o'yinlari bilan muxlislar e'tiborini qozongan iqtidorli hujumchi Dominik Begich bilan o'rtadagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi!

Bosniyalik hujumchi o'tgan mavsumda jamoamiz safida barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 8 bor aniq nishonga olgan. Hujumchining “Buxoro” safidagi umumiy statistkasi 57 o'yin 22 ta gol va 3 ta assistni tashkil etadi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Dominik Begichning tajribasi va mahorati kelasi mavsumda yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!