"Chelsi" MYu futbolchisini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar
"Chelsi" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Meynu bilan shartnoma imzolash borasida asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "aristokratlar" Meynuga anchadan buyon qiziqish bildirib kelmoqda. London klubi o‘tgan yilning yanvar oyidayoq futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Shuningdek, uning yozda ijaraga ketish bo‘yicha qilgan iltimosi rad etilgach, boshqa klubga o‘tish istagini qat’iy davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, Kobbini Evropaning TOP-5 chempionatlaridan 12 ta klub o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda. "Chelsi" esa bu poygada "Bavariya" bilan birga etakchilik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 20 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda "qizil iblislar" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, hozircha gol yoki assist qayd etmagan.
Fikrlar