"Chelsi" "Real" darvozabonini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin mavsum yakunida koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun "Qirollik klubi"ni tark etish boʻyicha yakuniy qarorga keldi. 26 yoshli futbolchiga "Chelsi" rahbariyati qiziqish bildirmoqda, ular jamoaning hozirgi darvozabonlari darajasiga shubha bilan qaramoqda. Bu haqida Daily Mail nashriga tayanib El Nacional xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Lunin London klubiga oʻtishga juda qiziqmoqda va allaqachon Angliya poytaxtiga koʻchib oʻtishga eʼtibor qaratgan.
Joriy mavsumda Lunin barcha musobaqalarda uchta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol oʻtkazib yubordi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 15 mln yevroni tashkil etadi.
Fikrlar