
“Chelsi” yulduzi boshqa jamoa tanlaganini tan olmadi
Evropa matbuotida Antonio Ryudiger “Real” bilan kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
“Chelsi” vakillari germaniyalik himoyachini yangi shartnomaga ko‘ndira olgani yo‘q. Tomonlarning hamkorligi joriy mavsum oxirida yakunlanadi va “aristokratlar”ning bugungi kundagi eng kuchli futbolchisi boshqa klubga tekinga o‘tib ketishi mumkin.
Bu futbolchiga hozirning o‘zida “Real”, “Bavariya”, “Yuventus” va PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Antonio Ryudiger o‘zining atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
- Biz hali yangi shartnoma borasida kelisha olmadik. Bu haqiqatan murakkab vaziyat. Hozir men faoliyatimdagi eng muhim qarorni qabul qilish ostonasida turibman. “Chelsi”dan ketishim haqida mish-mishlar tarqalyapti, lekin men “aristokratlar”ning vakillaridan boshqa hech kim bilan muzokara qilgani yo‘q, - dedi Antonio Ryudiger.
Fikrlar