Depay "Lion"dan ketishini e’lon qildi
"Lion" hujumchisi Memfis Depay klubdan ketishini e’lon qildi. 23 may kuni “Nitstsa”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv uning jamoadagi xayrlashuv o‘yini bo‘ladi.
“Lion”ga o‘tganimda endigina 23 yoshga to‘lgandim. Men o‘zgardim, bu erda ulg‘ayib, haqiqiy erkakka aylandim. Ortga nazar tashlar ekanman, bu damlar ajoyib bo‘lganligini aytishim mumkin. Men ushbu xotiralarni uzoq vaqt qalbimda saqlayman. “Lion” – mening uyim edi. Bu mening ushbu jamoadagi so‘nggi o‘yinim bo‘lishini bilish biroz g‘alati. Bo‘sh stadionda, muxlislarsiz xayrlashish juda achinarli, ammo mening oilam va do‘stlarim ushbu damda men bilan bo‘lishadi”, - dedi gollandiyalik futbolchi.
Depay joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning tez orada “Barselona”ga o‘tishi aytilmoqda.
Fikrlar