"Dinamo" o‘z safini yangi himoyachi bilan to‘ldirdi

  • 07.02.2024 00:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Samarqandning “Dinamo” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti.

Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, bu safar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi va o‘tgan mavsum “Olimpik” klubida to‘p surgan iste’dodli himoyachi Odil Abdumajidov bilan shartnoma imzolandi. Bu xabarni uning o‘zi ham tasdiqladi. Faqat futbolchi “Dinamo”da bir yil ijara asosida o‘ynaydi. Chunki u “Metallurg” klubiga tegishli.

Odil Abdumajidov

Abdumajidov faoliyati mobaynida “Olimpik”dan tashqari “Andijon”, “Metallurg” va “Ordabasi”da to‘p surgan.

“Dinamo” safida BAA yig‘inida ham ishtirok etganini qo‘shimcha qilish joiz.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!