Eddi Xirn yana bir super jang bo‘yicha muzokaralar ketayotganini tasdiqladi
Taniqli promouter Eddi Xirn og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning navbatdagi rejalarini ma’lum qildi.
"Agar Turki Al ash-Shayx o‘z reja va strategiyalarini amalga oshirsa, keyingi yil fevral oyida Entoni yana jang o‘tkazadi va undan so‘ng Tayson Fyuriga qarshi bahs olib boradi! Bu bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. Men Al ash-Shayxga ishonaman. U hali biror marta tashkiliy jarayonlarda pand bermadi", - deya Xirnning so‘zlarini keltirdi "Mirror" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Joshua oxirgi jangida bloger-bokschi Jeyk Polni 6-raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar