Ernesto Valverde mavsum yakunida "Atletik"ni tark etadi

  • 20.03.2026 18:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ernesto Valverde 2025/2026 yilgi mavsum yakunida Bilbao'ning "Atletik" klubi bosh murabbiyligidan ketishini ma'lum qildi.

"Bu — men qabul qilgan va klub bilan kelishilgan qaror. Oldimizda yana to'qqizta o'yin bor va biz hali ko'p narsaga erishishimiz mumkin", — dedi Valverde.

Mutaxassis "Atletik"ni o'z faoliyati davomida uchinchi bor boshqarmoqda (2003–2005, 2013–2017, 2022–2026).

Ayni paytda Bilbao jamoasi Ispaniya chempionati jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 22 mart kuni o'z maydonida "Betis"ga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!