Eron elchisi: “Biz JCh-2026da ishtirok etamiz”
Eronning Ispaniyadagi elchisi Rizo Zabib milliy terma jamoaning 2026 yildgi jahon chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
"Eron jahon chempionatiga boradi, biz u yerda bo‘lishga haqimiz. Bizda muammo yo‘q, boramiz", - deya Zabibning so‘zlarini keltiradi AS.
Avvalroq Eron terma jamoasi AQSh va uning ittifoqchilarining mamlakatga qarshi harbiy operatsiyasi tufayli jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Eron terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan “G” guruhidan joy oldi. Jamoaning uchta o‘yini ham AQSh hududida bo‘lib o‘tishi kerak.
Fikrlar