"Everton" Jek Grilishni jamoada olib qolish niyatida
"Everton" jamoasi Jek Grilishga doimiy shartnoma taklif qilmoqchi.
"Football24" nashrining bergan ma’lumtolariga ko‘ra, "iriclar" kelasi yozda angliyalik futbolchi bilan 50 million funtdan kamroq mablag‘ evaziga shartnoma imzolashi mumkin. Vinger bu mavsumni ishonchli boshlaganiga qaramay, uning transfer narxini pasayishini taxmin qilmoqda. Bu esa "Everton" ga doimiy shartnoma imzolashga yordam beradi.
Angliyalik yarim himoyachaning hozirda "Transfemarkt" portalidagi narxi 28 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Everton" Jek Grilishni "Manchester Siti"dan bir mavsum uchun ijaraga olgan. 30 yoshli futbolchi joriy mavsum jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar