"Evro-2024" doirasidagi Belgiya - Shvetsiya uchrashuvi qayta o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Hafta boshida Evropa chempionati saralashidan o‘rin olgan Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin birinchi bo‘limdan keyin to‘xtatildi. Gap shundaki, stadiondan uncha uzoq bo‘lmagan joyda terakt sodir bo‘ldi – Shvetsiya terma jamoasining ikki muxlisi otib o‘ldirildi.
Belgiya va Shvetsiya futbolchilari 1:1 hisobida tanaffusga chiqishdi. UEFA matbuot xizmati xabar berishicha, bu hisob inobatga olindi va jamoalar o‘yinni qayta o‘tkazmaydigan bo‘ldi. Har bir termaga 1 ochkodan berildi.
Fikrlar