Fernando Torres butsalarini mixga ildi
Ispaniyalik afsonaviy hujumchi Fernando Torres butsalarini mixga ilishga qaror qildi. 35 yoshli futbolchi bu borada o‘zining tvitterdagi sahifasida e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Torres faoliyati davomida "Atletiko", "Liverpul", "Chelsi", "Milan" va "Sagan Tosu" kabi klublarda to‘p surgan. Ispaniya terma jamoasi safida esa 110 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urishga erishgan.
Uning hisobida jami 7 ta sovrin bor. Torres Ispaniya terma jamoasi bilan JCh-2010, Evro-2008 va Evro-2012 da g‘olib bo‘lgan. 2011/12 yilgi mavsumda “Chelsi” safida EChLda g‘alaba qozongan. 2012/13 va 2017/18 yillarda esa Evropa ligasida zafar quchgan. 2011/12 yilda Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar