FIFA jahon chempionatiga yangi qoidalar joriy qiladi
Yangi qoidaga ko‘ra, almashtirilgan futbolchi 10 soniya ichida maydonni tark etishi shart. Agar u vaqtni cho‘zsa, zahiradan tushadigan futbolchining o‘yinga qo‘shilishi bir daqiqaga kechiktiriladi.
2026 yildgi jahon chempionati oldidan FIFA tomonidan AQSh, Meksika va Kanadada o‘tadigan musobaqada vaqtni cho‘zishga qarshi va VAR vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi qoidalar joriy etilishi rejalashtirgan.
Tibbiy yordam so‘ragan futbolchilar ham yordamdan keyin bir daqiqa maydon tashqarisida bo‘lishi talab etiladi.
Hakamlar aut yoki darvoza zarbasida vaqtni ataylab cho‘zish holatida besh soniyalik hisobni boshlashi mumkin. Agar o‘yin o‘z vaqtida davom ettirilmasa, to‘p raqibga beriladi.
Jarima zarbasini kechiktirish holatida esa raqib jamoaga burchak to‘pi beriladi.
Shuningdek, VAR ikkinchi sariq kartochkalar va burchak to‘plari bo‘yicha ochiq xatolarni ham qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Fikrlar