Flik: "Kubarsi Yamal darajasida, ammo himoyachi sifatida"

  • 10.03.2026 02:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Khansi Flik jamoa himoyachisi Pau Kubarsining oʻyiniga yuqori baho berdi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, jamoada iqtidorli yosh futbolchilar koʻp va ular orasida Kubarsi ham alohida ajralib turibdi.

"Bizda yosh jamoa bor. Lamin Yamal, Fermin Lopes, Pau Kubarsi — ularning mahorati juda yuqori. Ularning rivojlanishini kuzatish men uchun juda yoqimli. Kubarsi himoyada juda ishonchli harakat qiladi.

U markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi va har bir vaziyatda toʻliq kuchini beradi. U Yamal darajasida, ammo himoyachi sifatida. Pau hali oʻsishi kerak, lekin koʻproq oʻynay boshlasa, fenomen futbolchiga aylanadi. Ishonamanki, u siz tasavvur qila oladigan eng yuqori darajada oʻynaydi",
— dedi Flik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!