Frantsiya terma jamoasi a’zosi Turkiya chempionatiga yo‘l olmoqda

  • 21.07.2022 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik himoyachi Leo Dyuboa jamoasini o‘zgartiradi. Aniqrog‘i, 27 yoshli futbolchi "Lion"dan Istanbulning "Galatasaroy" klubiga o‘tmoqda.

Turk klubining rasmiy saytida xabar berilishicha, tomonlar muzokaralar olib bormoqda va kelishuv yakunlanishiga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Dyuboaning frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha imzolangan. Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 10 million evroga baholamoqda.

Himoyachi o‘tgan mavsum "Lion" tarkibida jami 28 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Leo Frantsiya terma jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!