"Galatasaray" "Inter" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17.01.2026 17:11
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Inter" yarim himoyachisi Hakan Chalxanoglu yozda jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. 

Insayder Rudi Galettining ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Lekin Hakan "Inter" rahbariyatiga Turkiyaga qaytish niyati borligini va "Galatasaray" safiga qo‘shilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Chalxanoglu joriy mavsum milanliklar safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!