Garnacho nega aynan “Chelsi”ni tanladi?
Yakunlangan yozgi transferlar oynasida "Manchester Yunayted"dan "Chelsi" safiga ko‘chib o‘tgan Aleksandro Garnacho nega bu klubga kelganini tushuntirdi.
“Men klub va Mareska bilan suhbatlashganimda, bizning o‘yin uslubimiz juda muhim ekanini tushundim. U menga video qo‘ng‘iroq orqali hammasini batafsil tushuntirib berdi.”
“‘Chelsi’ kabi kuchli jamoada harakat qilish har bir futbolchining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu men uchun ulkan imkoniyat”, — dedi argentinalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Garnacho joriy mavsum “aristokratlar” safida barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar