Grizmanning debyuti qanday o‘tdi?

"Barselona" La Liganing 1-turida, mexmonda "Atletik" jamoasiga 0:1 hisobi bilan mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu bahsda, Antuan Grizmann "Barsa" safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.

Frantsuz bellashuvda 90 daqiqa harakat qildi. 3 marta darvoza tomon zarba berdi. 2 bor boshi bilan va 1 marta chap oyoq bilan. Ikkita zarbasi noaniq ketdi va yana bittasini raqiblar bartaraf etishdi.

Grizmann 20 marotaba uzatmani amalga oshrdi, 14 tasi sheriklariga aniq etib bordi va 6 ta uzatma noaniq bo‘ldi. Forvard 12 va 26-daqiqalarda raqibiga qo‘pollik ishlatdi. Uning o‘ziga nisbatan, birorta qo‘pollik ishlatilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Antuan ushbu yozda, "Atletiko"dan "Barselona"ga 120 mln evro evaziga transfer qilingan edi va Kataloniya klubi bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!