Gvardiola hech qachon Agueroni yoqtirmagan!

  • 04.06.2021 06:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Serxio Agueroning otasi Leonel del Kastilo nega “Manchester Siti” o‘z tarixidagi eng yaxshi to‘purar bilan shartnomani uzaytirmaganiga izoh berdi. Uning fikricha, Xosep Gvardiola shaxsiy munosabati tufayli bunga yo‘l qo‘ymagan.

- Men Gvardiolaga ishonmayman. U hech qachon Serxioni yoqtirmagan. Pep o‘zi ishlagan barcha jamoalarda asosiy qahramon bo‘lishni istaydi.

Serxioni oxirgi pallagacha “Tottenxem”, “Arsenal”, “Chelsi” so‘ragan edi. Uni Italiya klublari ham o‘z safida ko‘rmoqchi edi, - dedi futbolchining otasi.

O‘n yil davomida “Manchester Siti”ning etakchi hujumchisi va to‘purari bo‘lgan Serxio Aguero endi “Barselona” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!