Gvardiola: "Men uni "Siti"da abadiy qolishini istardim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa sardori Bernardu Silvaning klubni tark etishi haqidagi navbatdagi savolga javob berdi.
31 yoshli portugalialikning "shaharliklar" bilan shartnomasi yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Yarim himoyachining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
"Men Bernardu "Manchester Siti"da abadiy qolishini istardim. Men buni klub uchun ham, o'zim uchun ham xohlayman. Lekin biz Berni bilan ko'p gaplashdik, u o'zi va oilasi uchun nima yaxshi bo'lishini o'zi hal qilishi kerak.
Bu mavsumda nima bo'lishidan qat'iy nazar, kelasi o'n yil ichida u ushbu klubning shonli tarixida o'ynagan eng buyuk futbolchilardan biri bo'lib qoladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Bernardu Silva 2017 yilning yozida "Monako"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi.
Fikrlar