Gvardiola “Real” yulduzini olib kelishni talab qilyapti

  • 16.09.2025 17:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada davom etayotgan avlodlar almashinuvi davrida tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchilar transferiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis hamon “Real” hujumchisi Rodrigo Goesni olishga qiziqyapti. Gvardiolaga braziliyalik yulduzning universalligi ma’qul kelgan.  Tajribali murabbiy Rodrigo uning o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushishini ta’kidlayapti.

Estadio Deportivo va CaughtOffside kabi manbalar Xosep Gvardiola rejasini amalga oshirish imkoniyati borligini yozmoqda. Ularning ma’lum qilishicha, yozda Rodrigoga avval 100 million, keyinroq 90 million evro talab qilgan “Real” rahbariyati xaridor topa olmaganidan keyin talabini pasaytirishga qaror qildi.

Endi “Qirollik klubi” Rodrigo bo‘yicha 80 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga va savdo bo‘yicha muzokaralarga kiritishishga tayyorligini aytilmoqda.

Bu summa “Manchester Siti” uchun muammo emas.  24 yoshli Rodrigoning o‘zi agar mavsumning birinchi yarmida etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmasa, yanvarda boshqa klublar bilan muzokara boshlashni mo‘ljallab qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!