Gyottse "Borussiya" Dortmunddan ketdi!

  • 23.06.2020 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hujumkor yarim himoyachi Mario Gyottse “Borussiya” Dortmunddan ketdi. Bu haqda Sportbild nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi 27 iyun kuni “Xoffenxaym”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Bundesliganing mavsumdagi so‘nggi bellashuvida ishtirok etmaydi.

Ma’lumot uchun, Gyottse “Borussiya” safida dastlab 2008-2013 yillarda o‘ynagan. Shundan so‘ng “Bavariya”da 3 yil to‘p surib, 2016 yil yana jamoaga qaytgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 31 iyun kuni rasman o‘z nihoyasiga etadi. Unga “Atletiko” Madrid klubi 2 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!