Gyottse yana super klubda o‘ynashi mumkin
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriya chempionligini tantana qilgan "Milan" yozgi transferlar davrida o‘z safini PSV yarim himoyachisi Mario Gyottse bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Patrik Berger o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchining transferi “rossonerilar”ga taxminan 5 million evroga tushishi mumkin. Aytish kerakki, Gyottsega shuningdek, "Benfika" ham xaridor bo‘lmoqda.
Mario Gyottse o‘tgan mavsum PSV tarkibida 52 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning eyndxovenliklar bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar