Haydalgan murabbiy 8 million funt olib ketadi

  • 16.02.2026 06:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda “Tottenxem” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgan daniyalik mutaxassis Tomas Frankka toʻlanadigan kompensatsiya summasi maʼlum qilindi.

London klubi hamkorlikni muddatidan oldin toʻxtatgani uchun Tomas Frankka 8 million funt sterling toʻlaydigan boʻldi.

Qiziqi shundaki, “Tottenxem” oʻtgan yozda Tomas Frank va uning uch nafar yordamchisini “Brentford”dan olib kelish uchun 10 million funt sterling sarflagan edi. Bu tanlov oʻzini oʻqlamadi. Tarkib kuchli ekaniga qaramay, “Tottenxem” xavfli hududga yaqin pogʻonaga tushib qolgan.

Daily Mail nashri Daniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Frankka toʻlangan kompensatsiya 2028 yilgacha moʻljallangan shartnoma boʻyicha bir yillik maoshiga teng boʻlgan.

“Tottenxem” Frankka oyiga taxminan 650 ming funt toʻlar edi, demak ishdan boʻshatish kompensatsiyasi taxminan 8 million funtni tashkil etgan.

Agar bu mutaxassisni ishga jalb qilish, maosh va ishdan boʻshatish xarajatlari qoʻshib hisoblansa, Frankning sakkiz oylik faoliyati “Tottenxem”ga jami 23 million funtga tushgani maʼlum boʻladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!