Husanov qoʻldan chiqdi, koʻzingiz qaerda edi?
Rossiyaning eng kuchli murabbiylaridan biri, Moskvаning “Lokomotiv” jamoasi bilan uch karra chempion bo‘lgan Yuriy Sёmin “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida “Manchester Siti”ning o‘zbekistоnlik himoyachisi Abduqodir Husаnov nega RPLda ilgariroq kashf etilmaganiga hayron bo‘ldi.
- Husаnov men uchun haqiqiy kashfiyot! U “Siti”da birdaniga paydo bo‘lganiy yo‘q. Avvaliga O‘zbekistоnda o‘ynagan, keyin Belarusda, so‘ng Frantsiyaga o‘tgan va u yerdan Angliyaga yo‘l olgan.
Xo‘sh, bizning bashoratchi selektsionerlar qaerda edi? Qanday qilib bunday futbolchini ko‘zdan qochirishdi?
Futbolni va futbolchini ko‘ra bilish kerak! “Lokomotiv”da Xvicha Kvaratsxeliyani ham shunday qo‘ldan chiqarib yuborishgan edi.
Gvardiola esa bu “olmos”ni ko‘ra oldi va jamoasiga olib keldi. Husаnov markaziy himoyada ham, qanotda ham sifatni yo‘qotmasdan o‘ynay oladi, bu esa kam uchraydigan noyob iste’dodi.
Abduqodir hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Pepdek yuqori darajadagi murabbiy unga eng muhim o‘yinlarda ishonch bildirmoqda.
“Manchester Siti”da esa to‘la tribunalar, kuchli raqiblar va yuqori bosim mavjud.
- Husаnovni «Siti»da ikki marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb tanlashdi...
- Ko‘rib turibsiz – yaxshi o‘ynayapti. Ammo eng muhimi, uni stereotiplarsiz ko‘ra bilish kerak edi. Qanday qilib, Husаnov bizning liga e’tiboridan chetda qoldi? Menimcha, agar uni O‘zbekistondan RPL klublaridan biri chaqirganida, u albatta borgan bo‘lardi. Ammo uni payqashmadi — muammo mana shunda, - dedi Yuriy Sёmin.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husаnov “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olgan. Professional faoliyatini 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshladi. 2023 yilning yozida o‘sha paytdagi Frantsiya vitse-chempioni “Lans” o‘zbek futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Frantsiya chempionatidagi bir yarim yillik faoliyati davomida o‘z salohiyatini namoyish eta olgan Abduqodir Husаnovni Evropaning eng qudratli klublari nishonga oldi. O‘yinchi uchun raqobatda birdaniga 40 million yevro tikkan “Manchester Siti” yutib chiqdi.
Husаnov qisqa fursatda “shaharliklar”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Angliyaga borganidan keyin bir yildan sal ko‘proq muddat ichida uch marotaba “Manchester Siti”da oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Bundan tashqari, Husаnov Xosep Gvardiola qo‘l ostida klublar miqyosidagi birinchi sovrin – Angliya ligasi kubogiga ham sazovor bo‘ldi.
Husаnov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi
Fikrlar