Ikki hamyurtimiz Osiyo chempionatida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi
Hindistonda o‘tayotgan suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 2 medalni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev bu gal 800 metr masofaga kechgan erkin usulda suzish dasturida kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Igor Myalin 10 metrli platformadan sakrash yo‘nalishida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar