Infantinoning maoshi 10 yil ichida to‘rt barobarga oshdi

  • 16.01.2026 22:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

FIFA prezidenti Janni Infantinonning maoshi tashkilot rahbari sifatidagi 10 yillik faoliyati davomida to‘rt barobarga oshgani AQSh soliq hujjatlarida qayd etildi.

"Le Monde" ma’lumotlariga ko‘ra, Infantinonning yillik daromadi 6 million 133 ming dollarni tashkil qilgan. Uning 2 million 954 ming dollari asosiy maosh, 1 million 874 ming dollari bonuslar, 1 million 148 ming dollari turli kompensatsiyalar hamda 155 ming dollari pensiya xarajatlariga to‘g‘ri keladi.

Infantino 2016 yilda Zepp Blatter o‘rnini egallagan paytda uning yillik maoshi 1,5 million dollar bo‘lgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Qatarda o‘tgan 2022 yildagi jahon chempionati uchun Infantino 1 million 770 ming yevro miqdorida bonus olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!