"Inter" futbolchisi APL klubiga o'tishi mumkin
"Inter" hujumchi Markus Tyuram uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. "Neradzurrilar" rahbariyatining fransiyalik futbolchisining kelajagi bo‘yicha rejalari o‘zgardi. Futbolchi endi "dahlsiz" futbolchilar sirasiga kirmaydi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.
Hujumchi kelasi yozda sotilishi mumkin. "Transfermarkt" portali mutaxassislari Tyuraming narxini 60 million yevroga baholamoqda. 28 yoshli futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq, hujumchining Angliya Premier-ligasi klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar takralgan edi. Markus bu mavsumda 32 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar