"Inter" "Yuve" qiziqayotgan "Chelsi" futbolchisi uchun taklif yubordi

"Inter" "Chelsi" himoyachisi Emerson Palmeri xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, milanliklar londonliklar klubiga Emerson transferi uchun 20 million evroli taklif yuborgan.

Ta’kidlanishicha, "Chelsi" 2022 yil yozida shartnomasi yakunlanadigan 25 yoshli futbolchini yuqori narxga sotishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Emerson "ko‘klar" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!