Islom Maxachev: "Dunyodagi eng yaxshi MMA jangchilari — sambochilar"

  • 19.02.2026 11:24
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC chempioni va sambo boʻyicha jahon chempioni Islom Maxachev rasmаn "Samboning jahondagi elchisi" unvonini oldi — va bu haqida fikrlarini bildirib oʻtdi:

"Men allaqachon ancha vaqtdan beri samboning norasmiy elchisiman. Biz Fyodor Yemelyanenko va Xabib Nurmagomedov bilan birga ushbu sport turini namoyon qilib kelyapmiz va koʻpchilik aynan biz sabab sambo bilan shugʻullana boshladi. Hozir dunyoda sambo boʻyicha juda koʻp milliy federatsiyalar bor. Biz odamlarga bu yakkakurash nima ekanini koʻrsatishga harakat qilamiz. MMAdagi texnikamning katta qismi — sambodan olingan usullar. Rostini aytsam, men dunyodagi eng yaxshi MMA jangchilari — sambochilar deb aytgan boʻlardim. U yerda hammasi bor — xuddi oʻsha zarbalar, baʼzi jihatlarda esa sambo hatto qattiqroq ham", - dedi Maxachev.

Marosim 18 fevral kuni "Lujniki"dagi Xalqaro sambo markazida boʻlib oʻtdi. U yerda FIAS prezidenti Vasiliy Shestakov Islomga federatsiya logotipi tushirilgan yozilgan sasbo kurtkasi topshirdi. Tashrif davomida Maxachev sambo muzeyiga ham bordi va Sambo markazining imkoniyatlari bilan tanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!