Islom Maxachev va Arman Tsarukyan o‘zaro jang qiladimi?
UFC engil vazn toifasi reytingida 2-o‘rinni egalab turgan Arman Tsarukyan bir yil ichida aralash yakkakurashlarning asosiy yulduziga aylanishini aytdi. Shuningdek, u Islom Maxachevga qarshi ehtimoliy to‘qnashuv haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Islom bilan bahs bo‘ladi, deb o‘ylamayman, chunki bir-ikki jangdan so‘ng u iste'foga chiqadi. Men esa bir yil ichida butun sportni egalab olaman. Meni ko‘rib, hamma UFC haqida o‘ylaydi, men UFC ning yuzi bo‘laman. Lekin avval menga kamar kerak", - dedi Arman.
Ma'lumot uchun, Tsarukyan engil vazndagi unvon uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.
Fikrlar