Italiyada porlagan vunderkindni Angliyada kutishyapti
A Seriya iste’dodlarga boy. Ushbu liganing kuchli klublaridan hisoblangan “Atalanta” markaziy himoyachisi Onest Ahanor Angliya Premier-ligasining bir nechta klublari e’tiborini tortdi.
Yevropadagi manbalarga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi “Nyukasl”, “Nottingem Forest” va “Tottenxem” klublarining yozga mo‘ljallangan transferlar ro‘yxatiga kiritildi.
Shuningdek, uni Italiyanning o‘zidan “Napoli” skautlari ham diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
Ahanor 2024 yilning yozida “Jenoa”dan “Atalanta”ga ko‘chib o‘tib, 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi. Shundan beri bergamoliklar safida 23 o‘yinda maydonga tushgan yosh o‘yinchi himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari o‘z hisobiga bitta gol ham urdi.
Fikrlar