Jahon kubogi. Ikkinchi kun doirasida 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi

  • 01.04.2025 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kundan 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimizning janglari o‘rin olgan. 

Quyida juftliklar bilan tanishing:

-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mishel Baldassi (Italiya) 23:15 (1 aprel);

-50 kg: Asilbek Jalilov - Nurzat Ongarov (Qozog‘iston) 03:30 (2 aprel);

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Leonid Berisha (Shveytsariya) 04:45 (2 aprel);

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!